2024-yil yanvaridan buyon elektr energiyasi, gaz va boshqa yoqilgʻi turlari qanchalik qimmatlashdi?
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar oyida isteʼmol narxlari indeksi yillik 9,9 foizga yetdi. Dekabr oyiga nisbatan bu koʻrsatkich 0,1 foizga yuqori.
Yil davomida eng katta narx oʻsishi 27 foiz bilan xizmatlar sohasida kuzatildi. Ayniqsa, elektr energiyasi, gaz va boshqa yoqilgʻi turlari 2024-yil yanvaridan 2025-yilning shu oyiga qadar 68,4 foizga qimmatlashdi. Kommunal xizmatlar narxi 29,1 foizga, uy-joy ijarasi esa 13,1 foizga oshdi.
Taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlarining narxlari ham anchayin yuqorilab, mos ravishda 17,7 va 21,1 foiz oʻsishni qayd etgan.
Mahsulotlar narxining oʻsishi nisbatan past boʻldi. Nooziq-ovqat mahsulotlari yil davomida 7,7 foizga qimmatlashgan boʻlsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxi atigi 2,6 foizga oshdi. Bu oxirgi besh yildagi eng past koʻrsatkichdir. Agar meva-sabzavot narxlari oʻzgarishini hisobga olmasak, oziq-ovqat mahsulotlari 2024-yil yanvariga nisbatan 6 foizga koʻtarildi.
Sabzavotlar orasida eng katta narx oshishi kartoshkada kuzatilgan. Yil davomida uning qiymati 68,1 foizga qimmatlashdi. Bu mahsulot narxlarining qachon pasayishi haqida ham statistika agentligi oʻz prognozlarini eʼlon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring