Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va “Ziyo” media markazi hamkorligida tashkil etildi.
Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal axborot manbalari va targʻibotchilar faoliyati haqida aniq maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bu hodisaning siyosiy, geosiyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ildizlari boʻyicha toʻliq tasavvur uygʻotishga qaratilgan amaliy misollar keltirildi.
Tadbirni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov va “Ziyo” media markazi direktori Abdulhamid Muxtorov ochib berdi. Seminarda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, akademiya va “Ziyo” media markazi mutaxassislari ham maʼruzalar bilan ishtirok etdilar.
Maʼruzalar davomida OAVning radikal gʻoyalarga qarshi maʼrifiy va axboriy kurashdagi oʻrni, diniy mazmundagi materiallarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi, soxta salafiylik va “Hizbut-Tahrir” gʻoyalarining jamiyatga tahdidlari, hamda radikallashuvning geosiyosiy sabablari toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi.
Jurnalistlarga “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati, notoʻgʻri talqinlarga qarshi raddiya berish usullari, axborot xavfsizligini taʼminlashda ishonchli manbalarga tayanish muhimligi haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar radikal axborot xurujlariga qarshi samarali choralar koʻrish, mavzuga professional yondashuv bilan murojaat qilish va davlat hamda jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi taʼsirli media mahsulotlar tayyorlash boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Shu kabi oʻquv seminarlar OAV xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish bilan birga, ularda radikalizm va ekstremizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring