JSST: Gʻazo sogʻliqni saqlash tizimini tiklash uchun kamida 7 milliard dollar zarur
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus Gʻazo sektorining sogʻliqni saqlash tizimini qayta tiklash uchun kamida 7 milliard dollar kerak boʻlishini maʼlum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda Gebreisus JSST ilgari 41 nafar bemor va 145 nafar hamroh shaxsni bir nechta mamlakatlarga evakuatsiya qilganini eslatib oʻtdi.
— Ammo hali ham 15 ming bemor, jumladan 4 ming nafar bola, Gʻazodan tashqarida davolanishga muhtoj, — dedi u.
JSST rahbarining soʻzlariga koʻra, 700 dan ortiq kishi evakuatsiyani kutayotgan paytda halok boʻlgan.
Avvalroq BMT vakillari Gʻazoni toʻliq tiklash uchun taxminan 70 milliard dollar kerakligini, biroq hamma hududlarni qayta tiklash imkonsiz boʻlishini taʼkidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring