Jizzaxda hokim yordamchisi 2000 dollar pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi
Foto: Illustrativ foto
Sharof Rashidov tumani, “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi 2000 dollar pora olayotganida DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Hokim yordamchisi oʻzining xizmat mavqeyidan foydalanib, aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan moddiy boylik orttirish maqsadida hududdagi tadbirkorlarning ishonchiga kirib, tadbirkorlik subyekti tomonidan taʼminotchi sifatida fuqarolarga qurilayotgan 10 ta issiqxonaning qurilishi bitkazilmaganini bila turib, mazkur issiqxonalar uchun jami 330 million soʻm miqdoridagi pullarni tadbirkor boshqaruvidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat hisob raqamiga oʻtkazilishi uchun yordam berishini aytgan. Buning uchun Sharof Rashidov tumani hokimining birinchi oʻrinbosari roziligi kerakligini, unga 1 000 AQSH dollari, oʻziga yana ming AQSH dollari miqdorida pullarni bergan taqdirda masalani hal qilib berishini vaʼda qiladi. Hokim yordamchisi tadbirkordan talab qilgan 2 000 AQSH dollarini joriy yilning 17-oktyabr kuni Sharof Rashidov tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi oldida oʻziga tegishli «Neksiya» rusumli avtomobil salonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring