Isroil AQSHni Eronga zarba berish ehtimoli haqida ogohlantirdi
Isroil zarurat tugʻilgan taqdirda Eron hududiga bir tomonlama tarzda zarba berishi mumkinligi haqida AQSHni ogohlantirdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan hafta Isroil Mudofaa vazirligi vakillari ushbu pozitsiyani Pentagon rasmiylariga yetkazgan. Vashingtonga Eronning ballistik raketa dasturi bilan bogʻliq muayyan shartlar yuzaga kelgan taqdirda Isroil amalga oshirishi mumkin boʻlgan zarba rejalari taqdim etilgan.
“Biz amerikaliklarga shunday dedik: agar Eron ballistik raketalar masalasida belgilab qoʻygan “qizil chizigʻimiz”ni kesib oʻtsa, zarbani yolgʻiz oʻzimiz beramiz”, — dedi ismi oshkor etilmagan manba.
Ayni paytda Isroil tomoni oʻz tomonidan darhol zarba berish uchun shart-sharoitlarni koʻrmayapti, ammo vaziyatni doimiy ravishda monitoring qilishni davom ettirmoqda.
Shu bilan birga, Isroil hukumat doiralarida shunday xavotir borki, hatto AQSH Eronga nisbatan zarba berishga qaror qilgan taqdirda ham, bu zarbalar cheklangan va ramziy xarakterga ega boʻlishi mumkin. Bu esa yahudiy davlati amaldagi hukumatining pozitsiyasiga mos kelmasligi taʼkidlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring