Jizzaxda 930 million soʻmlik gaz talon-toroj qilindi

13:00 24 Fevral 2026 Jamiyat
181 0

Dashtobod tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Jizzax viloyati Dashtobod tumani gaz taʼminoti boʻlimi Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.

Tekshiruvlar davomida “Samarqand” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani fosh qilinib, holat boʻyicha 163 million 496 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.

Tumanda shu kabi yana bir holat qayd etilib, unda isteʼmolchi yashirin tarmoq tortgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, taʼminot korxonasiga 767 million 24 ming soʻm zarar keltirgani aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, toʻplangan materiallar belgilangan tartibda huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер