JCh U-17. Oʻzbekistonlik hakamlar navbatdagi tayinlovni qabul qildi

18:02 17 Noyabr 2025 Sport
347 0

Oʻzbekistonlik hakamlar U-17 Jahon chempionati nimchorak finalidan oʻrin olgan oʻyin uchun tayinlov oldi. Bu haqida Oʻzbekiston futbol hakamlar qoʻmitasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Unga koʻra, U-17 Jahon chempionati nimchorak finalidan oʻrin olgan markaziy bahslardan biri — Braziliya – Fransiya uchrashuvini oʻzbekistonlik hakamlar boshqaradi.

Mazkur oʻyinda bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin ishlaydi. Unga qanotlarda Akmal Gʻiyosov va Sanjar Shoyusupov yordam beradi.

Maʼlumot uchun, Rustam Lutfullin ushbu Jahon chempionatida bungacha 3 ta oʻyinda bosh hakam va yana 3 ta oʻyinda zaxira hakami sifatida faoliyat olib borgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?