Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Germaniya qurolli kuchlari general-leytenanti Aleksander Zollfrank Rossiya NATO hududiga cheklangan zarba berish uchun yetarlicha kuchga ega ekanini taʼkidladi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
“Biz Rossiyaning nimaga ega ekani va u bilan nima qila olishini baholashimiz shart. Shunga asoslanib aytishimiz mumkinki, Rossiya NATO hududiga cheklangan miqyosda hujum qilishi mumkin”, — deydi Zollfrank.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya qurol-yarogʻ toʻplashda davom etsa, 2029-yilga kelib NATOga keng koʻlamli hujum haqiqatga aylanishi mumkin. Zollfrank hamma narsa Gʻarbning xatti-harakatlariga va ittifoqning kuch ishlatish qobiliyatiga bogʻliqligini aytgan.
Generalning bildirishicha, Moskva allaqachon NATO mamlakatlariga qarshi kiberhujumlar, sabotaj va dezinformatsiyadan foydalanib, gibrid urush olib bormoqda.
“Bu usul noaniqlik keltirib chiqarish, qoʻrquv yaratish, zarar yetkazish va josuslarni joylashtirishga qaratilgan. Bu qoʻrquvga asoslangan urush”, — deb qoʻshimcha qilgan Zollfrank.
Bundesver maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Ukrainadagi yoʻqotishlariga qaramay qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini saqlab qolmoqda. Bu esa NATOga cheklangan hujum operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring