Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Turkiyada Netanyahuni Gʻazoda sodir etgan “insoniyatga qarshi jinoyatlar” uchun hibsga olish orderi chiqarildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Turkiya sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va boshqa 36 nafar Isroil amaldorini Gʻazo sektorida “insoniyatga qarshi jinoyatlar” sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqullagan.
Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya sudi eʼlon qilgan hibsga olinuvchilar qatorida Isroil mudofaa vaziri Israel Kas va xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham bor.
BMT maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 7-oktyabrda boshlangan janglar natijasida Gʻazo sektorida kamida 60 ming kishi halok boʻlgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Isroilni bir necha bor Gʻazoda “genotsid” sodir etganlikda ayblagan, biroq Isroil hukumati bu ayblovlarni qatʼiyan rad etib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring