JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi

Foto: “O‘FA”
Bugun, 19-noyabr kuni Laosda futbol boʻyicha Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 6-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston va KXDR uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Bahsning birinchi boʻlimida koreyaliklar toʻliq ustunlikka erishdi. Biroq 44-daqiqaga kelib Abbosbek Fayzullayev jarima maydoni tashqarisidan ajoyib gol urib raqib jamoaning shashtini biroz pasaytirdi.
Uchrashuvning 80-daqiqasida Umar Eshmurodov jarima maydonida toʻpni qoʻli bilan oʻynadi va hakam penalti belgiladi. VAR'ni koʻrgan hakam oʻzbekistonlik himoyachiga qizil kartochka koʻrsatdi.
Koreyaliklar foydasiga belgilangan penaltini Oʻtkir Yusupov qaytardi va “katta xavf”ning oldini oldi.
Shu tariqa Abbosbek Fayzullayevning goli oʻyindagi yagonaligini saqlab qoldi. Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻz hisobidagi ochkolari sonini 13 taga yetkazdi va A guruhida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring