Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi

Illyustrativ foto
Tuman va shahar hokimliklari faoliyatini takomillashtirishga doir Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Farmon loyihasiga koʻra, tuman va shahar hokimlari oʻrinbosarlarining sonini 4 nafar etib belgilash taklif qilinmoqda. Bugungi kunda tuman hokimlarining 6 nafardan oʻrinbosari bor.
Shuningdek, 2026-yil oxiriga qadar 32 ta tuman va shaharda boshqaruvning yangi tartibi joriy etiladi. Unda 9 ta vazirlik va idoraning hududiy boʻlinmalari hokimlik tuzilmasiga oʻtkaziladi. Jumladan:
• Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
• Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
• Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
• Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
• Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
• Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi;
• Madaniyat vazirligi;
• Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
• Yoshlar ishlari agentligi.
Keltirilishicha, hokimlar ushbu tuzilmalarga toʻliq rahbarlik qilib, shtat birliklarini mustaqil belgilaydi, kadrlarni tayinlaydi va ozod etadi, ragʻbat yoki intizom choralarini qoʻllay oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring