Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Quvayt termasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqida Quvayt Futbol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida eʼlon qilindi.
Unda aytilishicha, Oʻzbekiston va Quvayt milliy terma jamoalari oktyabr oyida 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Birinchi oʻyin 9-oktyabr sanasida Toshkent shahrida, ikkinchi oʻyin esa 14-oktyabr kuni Marokashda boʻlib oʻtadi.
Oldinroq Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi oʻz sahifasida milliy terma jamoa oktyabr oyida Malayziyada yigʻin oʻtkazishi va ushbu yigʻin doirasida 13-oktyabr kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi haqida maʼlumot bergan edi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi soʻnggi bor Quvayt termasi bilan 2012-yilning 7-sentyabr kuni oʻzaro oʻyin oʻtkazgan. Ushbu oʻyinda “oq boʻrilar” 3:0 hisobiga ustun kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring