“Jarqoʻrgʻon tandir goʻshti” — rasman milliy brend maqomida
Surxondaryo viloyatiga xos betakror milliy taom — “Jarqoʻrgʻon tandir goʻshti” endi rasman geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Bu Surxondaryoning oʻziga xos taom madaniyatini saqlab qolish hamda “Jarqoʻrgʻon tandir goʻshti”ni milliy brend darajasiga koʻtarish sari qadam boʻldi.
Ushbu taomning oʻziga xosligi uning tayyorlanish jarayonida namoyon boʻladi. Taom hisori zotli qoʻzi goʻshtidan, archa shoxlarida yondiriladigan, qariyb 400 darajadagi issiqlik haroratda qizdirilgan yer tandirda, taxminan 1,5-2 soat davomida bugʻ va issiqlikda puxta pishiriladi. Bu jarayon taomga oʻziga xos hid, rang va maza bagʻishlaydi.
Mahsulotning geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi “Jarqoʻrgʻon tandir goʻshti” nomi va tayyorlanish usulini huquqiy himoyaga oladi. Uning sifat va standartlarni belgilaydi. Bu esa Surxondaryoning hududiy gastronomik obroʻsini keng targʻib etish imkonini yaratadi.
Maʼlumot uchun: geografik koʻrsatkich — bu muayyan hududda ishlab chiqariladigan mahsulotning tabiiy, iqlimiy va madaniy xususiyatlarini ifoda etuvchi, uning sifat va nufuzini kafolatlaydigan intellektual mulk obyekti hisoblanadi.
Farhod ESONOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring