Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Isroilni genotsidda aybladi
Foto: Reuters
Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Isroilni genotsidda aybladi.
Isroilning Gʻazo sektoriga gumanitar yuklarni olib kirishga ruxsat bermasligi genotsid bilan barobar. Bu haqda Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa anklavdagi vaziyatga bagʻishlangan BRIKS favqulodda videokonferensiyasida aytib oʻtdi.
“Gʻazo aholisiga dori-darmon, yoqilgʻi, oziq-ovqat va suvni qasddan rad etish genotsid bilan tengdir”, deb taʼkidladi siyosatchi.
Ramafosa, Isroilning harbiy kuch ishlatishi bilan Gʻazoda tinch aholini jamoaviy jazolashning urush jinoyati ekanligini taʼkidlab, gumanitar yoʻlaklarni ochishga chaqirdi.
“Biz xalqaro hamjamiyatni Gʻazo sektoridagi azob-uqubatlarga barham berish va bu mojaroni adolatli va tinch yoʻl bilan hal qilish yoʻlini ochish uchun zudlik bilan va aniq chora koʻrishga kelishib olishga chaqiramiz”, dedi prezident.
Avvalroq, Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Chafiy Eron Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlari yuzasidan Xalqaro jinoiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilmoqchi ekanligini maʼlum qilgandi.
“Eron Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti rezolyutsiyasiga muvofiq Xalqaro jinoiy sudga topshiriladigan daʼvoni tayyorlash uchun maxsus komissiya tuzdi”, dedi diplomat.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga oldi.
Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring