Janubiy Koreya rasmiylari noqonuniy kuryerlarga qarshi kurashni kuchaytiradi
Janubiy Koreya Adliya vazirligi yetkazib berish xizmatlarida chet elliklarning noqonuniy mehnat faoliyatiga qarshi kurashish boʻyicha kampaniya eʼlon qildi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu kampaniya 30-aprelgacha davom etadi. Qoidani buzganlarga nisbatan jarimalar qoʻllaniladi va ular mamlakatdan majburiy chiqarib yuboriladi.
Yonhap nashrining yozishicha, Janubiy Koreyada kuryerlik sohasida noqonuniy ishlayotgan chet elliklar soni ortib bormoqda. Shuningdek, mototsikllarni haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish holatlari koʻpaygan, bu esa jiddiy ijtimoiy muammoga aylanmoqda.
Adliya vazirligining taʼkidlashicha, chet elliklar yetkazib berish platformalarida roʻyxatdan oʻtish uchun koreyaliklarning akkauntlaridan (shaxsiy hisoblaridan) foydalanishmoqda. Mahalliy hokimiyat oʻz hisob maʼlumotlarini boshqalarga bergan Koreya fuqarolarini ham javobgarlikka tortish niyatida.
“Hukumat koreyaliklarning ish oʻrinlarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi”, — deb taʼkidladi vazirlik vakili Chon Son Xo.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring