Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Temza daryosi boʻyida qad rostlagan, tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan London shahri sayyohlar uchun eng sevimli maskanlardan biri. Shaharning har burchagida tarix yashiringan. “Westminster Abbey”, “Tower Bridge” hamda “St Paulʼs Cathedral” kabi inshootlar asrlar davomida millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qilib kelmoqda.
Ayni vaqtda Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida boʻlib turgan “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati fotomuxbiri ushbu shaharning takrorlanmas manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.
London shahri mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadi. Aholisi qariyb 10 million nafarni tashkil etadi. Iqlimi qishda yumshoq, yoz faslida esa dengiz iqlimi bilan uygʻunlashadi.
Poytaxt mamlakatning muhim madaniy markazi hamdir. Bu yerda London universiteti, Siti universiteti, politexnika institutlari kabi koʻplab ilmiy jamiyatlar va muassasalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, poytaxtning yirik kutubxonalari, muzeylari, yirik konsert zallari hamda teatr saroylari sayyohlar uchun tashrif qogʻoziga aylanib ulgurgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring