Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi pandemiya xavfidan ogohlantirdi

Arxiv foto
Dunyoda har qanday vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada pandemiyaning oldini olish boʻyicha kelishuv loyihasini ishlab chiqayotgan hukumatlararo muzokaralar organi (HMO) yigʻilishidagi nutqida ogohlantirdi.
«Hozirgi [Parranda grippi] H5N1 epidemiyasi bizga eslatganidek, keyingi pandemiya har qanday vaqtda paydo boʻlishi mumkin», deydi JSST bosh direktori.
U HMO tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatni «avlodlar kelishuvi», deb atadi va ushbu organ tomonidan olib borilayotgan ishlarning dolzarbligini taʼkidladi.
«Bu yil muzokaralarning yakunlanishi tarixiy voqea boʻladi», dedi Gebreyesus. Shu oʻrinda u «nisbatan qisqa vaqt ichida hal qilinmagan masalalar boʻyicha konsensusga erishish mumkin» degan fikrni bildirdi.
HMO 16-17-iyul kunlari Jenevada oʻzining 10-yigʻilishi uchun yigʻildi. Ushbu organ avval rejalashtirilganidek, joriy yilning 77-Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi (27-may — 1-iyun)gacha pandemiya shartnomasi loyihasini yakunlay olmadi. Assambleya qarori bilan HMO vakolatlari bir yilga uzaytirildi. Hujjat ustidagi ish natijalari 2025-yilning may oyida boʻlib oʻtadigan 78-Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasida yoki 2024-yil oxirigacha boʻlib oʻtishi mumkin boʻlgan assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasida sarhisob qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring