Zelenskiy idorasi Ukraina uchun ogʻir vaziyat kelayotganini maʼlum qildi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermak Ukraina uchun juda ogʻir vaziyat kelayotganini aytib, AQSH Kongressini Kiyevga yordam paketini tezda tasdiqlashga chaqirdi.
«Umid qilamanki, shu oyda maʼqullanadi, chunki Ukraina ogʻir vaziyatga yaqinlashmoqda… Bizga havo hujumidan mudofaa tizimlari zarur, chunki ularsiz shaharlarimizni himoya qilib boʻlmaydi. Biz uchun muammo – vaqt… Shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, hozir juda muhim payt. Paket shu oyda maʼqullanishi juda muhim», – dedi Yermak «Politico» gazetasiga bergan intervyusida.
Avvalroq, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson qonunchilar 9-aprel kuni taʼtildan qaytgach, Kiyevga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqishga kirishishiga umid bildirgandi.
Uning soʻzlariga koʻra, hujjatda yangi tushuncha va yondashuvlar boʻladi, xususan, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish boʻyicha qoida paydo boʻlishi mumkin.
Oʻtgan yilning dekabr oyida AQSH maʼmuriyati Ukrainani qurol-yarogʻ bilan taʼminlash imkoniyatlarini tugatdi. Bu yil esa 300 million dollarlik faqat bitta yordam paketi oʻtkazildi. Oq uy Kiyevga 60 milliard dollar ajratish haqidagi soʻrovi maʼqullanishini kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring