Yunusobodda daraxtlarga shikast yetkazgan shaxs 10 mln soʻmdan ortiq jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yunusobod tumani Navoiy koʻchasidagi daraxtlar xavf ostidaligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, boshqarma xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borilganda haqiqatdan ham daraxtlarga shikast yetkazilganlik holati aniqlangan.
Shundan soʻng, qonunbuzarlik sodir etgan fuqaro aniqlanib, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 10 million 300 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, tabiatga yetkazilgan zarar qiymati sifatida 4 million 944 ming soʻm undirilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring