Yoshlar oʻrtasida V Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari tantanali kutib olindi
Oʻzbekistonning yosh sportchi qahramonlari – Yoshlar oʻrtasida V Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari. Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolari katta iftixor va quvonch bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva gʻolib sportchilarimizga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini oʻqib eshittirdi.
Yosh sportchilar sport maydonida munosib ishtirok etdi hamda Prezidentimiz va xalqimiz bildirgan yuksak ishonchni oqlab, musobaqalar natijalariga asosan 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shu tariqa Oʻzbekiston sport delegatsiyasi jamoa hisobida Osiyo qitʼasida 1-oʻrinni egallab, gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi.
Tantanali marosimda yosh sportchilarning irodasi, matonati va Vatanga sadoqati alohida eʼtirof etildi. Ular mamlakat yoshlari uchun haqiqiy ibrat namunasi ekani taʼkidlandi. Gʻoliblarga kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlarga erishish tilaklari bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring