Yorliqsiz tabletkalar “Tramadol” boʻlib chiqdi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Yuk vagonlarining birida xufiyona tarzda yashirilgan 2 dona oʻramlar ichida 641 dona yorligʻi va nomi mavjud boʻlmagan tabletkalar topildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yoʻl chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga tranzit ravishda oʻtish uchun kirib kelgan temir yoʻl yuk vagonlari bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, temir yoʻl yuk vagonlarining birida bojxona nazoratidan xufiyona tarzda yashirilgan 2 dona oʻramlar ichida 641 dona hech qanday yorligʻi va nomi mavjud boʻlmagan tabletkalar borligi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Ekspertiza natijasiga koʻra, ular tarkibida “Tramadol” giyohvandlik moddasi mavjud tabletkalar ekani maʼlum boʻldi.
Xabaringiz bor, “tramadol” moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktyabrdagi 878-sonli qaroriga koʻra, Respublikamiz hududida muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring