AQSH rahbari Zelenskiyni muzokaralarni tezlashtirishga undadi

15:59 14 Fevral 2026 Dunyo
98 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy tinchlik kelishuvi masalasida faol harakat qilmasa, imkoniyatni qoʻldan boy berishini bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qildi.

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chogʻida Tramp shunday dedi:

“Rossiya kelishuv tuzishni istayapti va Zelenskiy harakatni boshlashi kerak. Aks holda u juda yaxshi imkoniyatni qoʻldan boy beradi. U harakat qilishi shart”.

Shuningdek, respublikachi siyosatchi jurnalistlardan biri tomonidan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida jahon yetakchilariga qanday murojaat yoʻllashni istashi haqida berilgan savolga ham javob berdi.

“Yagona xabar shundaki, biz NATO bilan ajoyib munosabatdamiz”, — dedi Tramp.

Avvalroq Rossiya, Ukraina va AQSH delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi 17–18-fevral kunlari Jenevada boʻlib oʻtishi maʼlum qilingan edi. Bundan oldin AQSH vositachiligida Abu-Dabida oʻtgan ikki raund muzokara sezilarli natija bermagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?