Yaponiyada issiqdan kamida 18 kishi halok boʻldi
Foto: Kazuhiro NOGI / AFP
Yaponiyada 28-iyuldan 3-avgustgacha boʻlgan davrda 9,5 ming nafardan ortiq fuqaro yuqori darajadagi issiq sababli shoshilinch ravishda shifoxonalarga yotqizildi. Ulardan kamida 18 nafari vafot etdi. Bu haqda mamlakatning Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Maʼlumotlarga koʻra, 225 nafar bemor ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan va ularning sogʻligʻi uch haftadan koʻproq vaqt davomida kuzatuvda boʻladi. Issiqdan jabrlanganlarning qariyb 58 foizini 65 yoshdan oshganlar tashkil qiladi.
Aytish joizki, Yaponiyada iyun oyidan buyon juda issiq ob-havo kuzatilmoqda.
Jumladan, 5-avgust kuni Isesaki shahrida soya ostidagi harorat 41,8 darajagacha koʻtarilgan. Bu mamlakatda XIX asrning ikkinchi yarmidan buyon ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich sifatida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring