Rossiyada migrantlar soni 10 foizga kamaydi
2025-yil davomida Rossiyada migrantlar soni qariyb 10 foizga kamaydi. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2025-yil boshida mamlakatdagi migrantlar soni 6,3 million nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2026-yil yanvar holatiga kelib bu koʻrsatkich 5,7 million nafarga tushgan.
Ushbu maʼlumotlarni Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya xizmati analitik boshqarmasi rahbari Aleksandr Perejogin keltirdi. Uning taʼkidlashicha, keltirilgan raqamlar dastlabki hisob-kitoblar boʻlib, yakuniy natijalar fevral oyida rasman eʼlon qilinadi.
Perejogin soʻzlariga koʻra, migrantlar sonining 10 foizga qisqarishi asosan mamlakatdagi voyaga yetmagan migrantlar sonining qariyb toʻrtdan bir qismga kamaygani bilan bogʻliq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring