Yaponiya yangi bosh vaziri Trampni Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida qoʻllab-quvvatladi
Yaponiya yangi bosh vaziri Sanae Takaiti AQSH prezidenti Donald Trampni Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida qoʻllab-quvvatlaganini maʼlum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt xabar bergan, deb yozadi TASS.
Ikki tomonlama uchrashuv chogʻida Takaichi Trampni Nobel mukofotiga ilgari surish niyatida ekanini bildirgan.
— Juda qisqa vaqt ichida dunyo tinchroq va barqarorroq boʻldi, — degan u. — Men Trampdan juda hayratda qoldim va undan ilhom oldim, — deya qoʻshimcha qilgan Yaponiya rahbari.
Avvalroq Donald Tramp oʻzini Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblashini aytgan edi.
Biroq 10-oktyabr kuni Nobel qoʻmitasi 2025-yilgi mukofotni Venesuela sobiq muxolif deputati Mariya Korina Machadoga topshirilganini eʼlon qilgan.
Shundan soʻng Tramp hazil aralash tarzda:
— Demak, keyingi yili Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini olishim kerak boʻladi, — degan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring