“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi yonida xalqaro aeroport quriladi

16:44 31 Avgust 2021 Siyosat
1831 0

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi yonida Olimpiya shaharchasi, xalqaro aeroport quriladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi va Mustaqillik monumenti ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida aytib oʻtdi.

Davlat rahbarining maʼlum qilishicha, majmua yonida eng ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy andozalar asosida Olimpiya shaharchasi bunyod etiladi. Bu yerda 2025-yili mamlakatimiz mezbonlik qiladigan Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlarining asosiy musobaqalari oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, ushbu hududda zamonaviy oliy taʼlim muassasasi, tibbiyot klinikalari, xalqaro koʻrgazma markazlari va boshqa obyektlardan iborat butun bir yangi shaharcha qurilmoqda.

Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yaqin hududda zamonaviy xalqaro aeroport qurilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер