Yangi kelishuv — yangi imkoniyat
Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abduraxmonov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, oʻzaro hamkorlikni kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muhim kelishuvlarni imzolamoqda.
— Safar doirasida delegatsiya aʼzolari Jangshi shahridagi “Jiangxi Haitong Cable Co., Ltd” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Rustamjon Eshonov. — Muloqot chogʻida kabel ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy quvvatlarni ishga tushirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar turli kuchlanishdagi kabellar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro kelishuv memorandumini imzoladi.

Mazkur kelishuv Andijon viloyatida kabel ishlab chiqarish sohasida yangi imkoniyatlar yaratish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va investitsiya muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu esa hudud sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda eksport salohiyatini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring