Shavkat Mirziyoyev Fransiya delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Transkaspiy transport yoʻlagi boʻyicha investorlar forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Fransiya Respublikasi transport vaziri Filipp Tabaroni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Joriy yil mart oyida Parijga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda fuqarolik aviatsiyasida aloqalarni kengaytirish, transport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shu jumladan, yaqinda tashkil etilgan Oʻzbekiston – Fransiya universiteti imkoniyatlaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring