Yakkasaroyda 6 tasmali 3 ta yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli qurilmoqda(Fotoreportaj)
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
2020-2021-yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining Choʻponota koʻchasidan Yakkasaroy tumanining KXAY, TXAY va Qipchoq koʻchalari oraligʻida joylashgan 6 tasmali 3 ta yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Choʻponota koʻprigi qurilishi eng soʻngi texnologiyalariga koʻra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qoʻllanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qoʻllagan holda qurilish – montaj ishlari olib borilmoqda.
Koʻprikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha boʻlishi moʻljallangan. Koʻprikning estetik jihatdan chiroyli koʻrinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Tungi yoritish tizimi koʻprikka aholining eʼtiborini tortuvchi zamonaviy koʻrinishni taʼminlaydi.
Choʻponota koʻprigining umumiy uzunligi 597 metrni, bogʻlamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi. Koʻprik qurilishida avtomobillar, piyodalar va velosiped uchun yoʻlaklar nazarda tutilgan.
Koʻprik qatnov qismi qoplamasining eng soʻngi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qoʻllagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring