Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari kengaymoqda

10:48 19 Dekabr 2025 Siyosat
336 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatning yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yongʻinlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda yongʻinlarning oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat nazoratini takomillashtirish borasida keng koʻlamli choralar koʻrilmoqda. Bunda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ishonchli himoya qilish ga alohida eʼtibor berilib, bu borada yaxlit yongʻin xavfsizligi tizimini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Yongʻinlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bilan bir qatorda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish zarurati ham mavjud.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishini hamda “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunga davlat yongʻin nazorati organlarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Xususan, “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi toʻldirilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yongʻinlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sogʻligʻiga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo boʻlishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turish vakolati berilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun yongʻinlarning oldini olishga, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir choralari yanada samarali qoʻllanilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер