Yaypan shahrida zamonaviy “IT-shaharcha” faoliyati yoʻlga qoʻyildi
Oʻzbekiston tumani markazi — Yaypan shahrida tashkil etilgan “IT-shaharcha”da jahon andozalariga mos zamonaviy infratuzilma yaratildi. Mazkur markazda kelajagimiz vorislari boʻlgan yoshlar uchun raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur oʻrganishga qaratilgan barcha zarur shart-sharoitlar muhayyo etildi.
Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad — “IT-shaharcha”ni yangi avlodning ertangi kun istiqbolini taʼminlaydigan, nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni uygʻunlashtiruvchi innovatsion taʼlim maydoniga aylantirishdan iborat.

— “IT-shaharcha” bir vaqtning oʻzida 50 nafar oʻgʻil-qizni qamrab olish imkoniyatiga ega boʻlib, eng soʻnggi rusumdagi axborot texnologiyalari va zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan jihozlangan, — deydi Oʻzbekiston tumani hokimligining raqamlashtirish ofisi bosh mutaxassisi Maʼmurjon Saidov. — Bu yerda yoshlar bepul va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻidan foydalangan holda dasturlash, 3D modellashtirish, robototexnika, raqamli marketing, mobilografiya hamda videomontaj kabi yoʻnalishlar boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmoqda.
Oʻquv mashgʻulotlari xalqaro mezonlar asosida ishlab chiqilgan dasturlar boʻyicha tajribali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanib, hamkor IT kompaniyalar tomonidan yuqori daromadli ish takliflariga ega boʻlish imkoniyatiga ham ega boʻladilar.

Aytish joizki, mazkur zamonaviy markazda onlayn va offlayn taʼlim shakllari asosida har yili qariyb 6 ming nafar yoshlarni IT sohasida mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash rejalashtirilgan. Shuningdek, bir qator xorijiy tillarni oʻqitish yoʻlga qoʻyilib, yoshlarning xalqaro maydonda oʻz oʻrnini topishiga zamin yaratilmoqda.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring