RBC: Rossiyada Telegram ishi sekinlashtirila boshlanadi
Rossiya hukumat organlari Telegram messenjeri ishini sekinlashtirish boʻyicha choralar koʻrishga qaror qildi. Bu haqda RBC xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, manbalardan ikkitasining soʻzlariga koʻra, Roskomnadzor xizmat faoliyatini qisman cheklashga qaratilgan choralarni seshanba kuni, 10-fevraldan boshlab amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Nashrning yana bir suhbatdoshi esa Telegram ishini sekinlashtirish boʻyicha choralar allaqachon koʻrila boshlanganini maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil oktyabr oyi oxirida Rossiyada Telegram va WhatsApp messenjerlarining yangi foydalanuvchilariga SMS xabarlar va qoʻngʻiroqlar kelib tushmay qolayotgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring