“Shekspir emas, lekin inglizchasi tobora yaxshilanyapti”. Gvardiola Husanovning til oʻrganishini baholadi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Fulxem”ga qarshi oʻyin oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassisdan Husanovning sogʻligʻi haqida soʻraldi. “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda himoyachi tizzasi bilan bosh qismiga zarba olgan edi. Futbolchiga tibbiy yordam koʻrsatildi, biroq yakunda “Siti” murabbiylar shtabi uni Ruben Diashga almashtirishga qaror qildi.
Gvardiolaning aytishicha, Husanovning ahvoli yaxshi va u “Fulxem”ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Shuningdek, “Manchester Siti” bosh murabbiyi futbolchining ingliz tilini oʻzlashtirishdagi rivoji haqida ham toʻxtalib oʻtdi:
“U Uilyam Shekspirdek gapirmaydi, bunga qoʻshilaman. Lekin uning inglizchasi kun sayin yaxshilanib bormoqda. U bizning nima istayotganimizni tushunadi, aytilgan gaplarni anglaydi. Har safar unda yaxshiroq chiqyapti. Husanov juda aqlli. Odamlarda baʼzan shunday taassurot paydo boʻladi: agar futbolchi jismonan qudratli, kuchli va tezkor boʻlsa, demak u fikrlay olmaydi. Bu mutlaqo notoʻgʻri. U doimo toʻgʻri qaror qabul qiladi. Odatda bunday fizikaga ega oʻyinchilar uni qanday toʻgʻri ishlatishni bilmaydi, ammo unda ham jismoniy kuch, ham aqliy salohiyat bor. U oʻrganishga ochiq, shuning uchun yanada oʻsishi mumkin. “Manchester Siti”da uzoq-uzoq yillar uchun markaziy himoyachi bor”, — dedi Gvardiola.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring