“Viloyat hokimi stipendiyasi” gʻoliblari taqdirlandi
Qarshi davlat universitetida oʻtkazilgan “Talaba Expo – 2025” kasb koʻrgazmasi doirasida “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining joriy yilgi gʻoliblariga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Taʼkidlash joiz, 2023-yilda Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” joriy etilgandi.

Tanlovning bu yilgi universitet bosqichlarida saralangan 42 nafar nomzod viloyat bosqichi gʻolibligi uchun bahs olib borishdi. Tegishli nizom talablari asosida ikki bosqichli sinovlarda saralanib, eng yuqori ball toʻplagan 14 nafar talaba “Viloyat hokimi stipendiyasi”ning bu yilgi sovrindorlariga aylanishdi. Ular orasida Qarshi davlat texnika universitetining iqtisodiyot fakulteti talabasi Feruza Qurbonova ham bor.

— Oʻz tanlagan sohamni puxta oʻrganish bilan bir qatorda, sportning shaxmat turi bilan shugʻullanib kelmoqdaman, — deydi u. — Shu vaqtga qadar ushbu sport turi boʻyicha respublika va xalqaro miqyosdagi koʻplab musobaqalarda ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy egalladim. Viloyat hokimining stipendiyasiga sazovor boʻlishim esa men uchun yana bir katta yutuq boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida: “Viloyat hokimi stipendiyasi” gʻoliblariga oʻquv yilining sentyabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qoʻshimcha stipendiya toʻlab boriladi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring