Uzbekistan Airways vaqtincha Iroq va Eron havo hududini aylanib oʻtadi
Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sabab “xavfsizlikni taʼminlash maqsadida” parvozlarni Iroq va Eron havo hududlarini aylanib oʻtgan holda amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Uzbekistan Airways parvozlarning maksimal xavfsizligini taʼminlash uchun muqobil yoʻnalishlardan foydalangan holda — Toshkent — Tel-Aviv — Samarqand/Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Aytish joiz, Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashishi va Eron ustidagi havo hududi yopilgani sababli Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Oʻzbekistonga parvozlarni vaqtincha toʻxtatganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring