“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Umida” (Fudziyama haqida tush) badiiy filmining tantanali premerasi bo‘lib o‘tdi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan suratga olingan.
Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san’at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g‘oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.
Film voqealari o‘z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psixolog-shifokor, mehribon ona va kuchli ayol — Umida hayoti orqali jamiyatdagi muhim ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratadi.
Bu obraz orqali tomoshabinlar hayot, fidoyilik, va insoniy qadriyatlar haqida teran o‘yga cho‘madi.
Filmda Feruza Saidova, Mahliyo Asqaraliyeva, Otabek Musayev, Karim Mirxodiyev, Fotima Rejametova, Baxriddin Abdullayev, Ubaydulla Omon, Nigora Karimboyeva, Ra’no Shodiyeva kabi iqtidorli aktyorlar ishtirok etgan. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor — Zulfiqor Musoqov.
Film tomoshabinlarda chuqur mazmun, yuksak aktyorlik mahorati va kuchli dramatik tasvirlar orqali katta taassurot qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring