Ukrainaning tinchlik rejasidan koʻngli toʻlmoqda

13:09 24 Noyabr 2025 Dunyo
282 0

AQSH davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, Shveysariyada Ukraina delegatsiyasi bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida Amerika tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasi hali yakuniy shaklga ega emas va uni qoʻshimcha takomillashtirish talab etiladi.

— Agar biz Ukraina tomoni bilan ushbu kelishuv boʻyicha toʻliq murosa topa olsak, keyingi bosqich — uni Rossiya tomoniga yetkazish boʻladi, — dedi Rubio.

Jenevada boʻlib oʻtgan AQSH va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvida tomonlar mojaroni tinch yoʻl bilan hal etish tamoyili boʻyicha kelishuvga erishdi.

Vashington va Kiyev oʻrtasidagi qoʻshma bayonotda qayd etilishicha, Oq uy taqdim etgan tinchlik rejasi loyihasiga kiritilgan oʻzgartirishlar Ukrainaning milliy manfaatlarini aks ettiradi, shuningdek, mamlakatning yaqin va uzoq muddatli xavfsizligini taʼminlash uchun ishonchli va amaliy mexanizmlar yaratadi.

Marko Rubio aynan qanday tuzatishlar kiritilgani haqida maʼlumot bermadi.

CBS telekanali manbalariga koʻra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin kunlarda AQSHga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер