Ukrainadagi tinchlik muzokaralari har qachongidan ham faolroq nuqtasiga yetdi
Ukrainadagi tinchlik muzokaralari urush boshlanganidan beri har qachongidan ham faolroq, deb xabar bermoqda BILD nashri.
Unda aytilishicha, Ukrainadagi urush atrofidagi diplomatik faollik shu hafta oxiri keskin kuchaygan va tez orada tinchlik muzokaralarida burilish nuqtasi koʻzga tashlanishi mumkin. Ukraina, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya hukumatlarining katta maslahatchilari tez orada Parijda uchrashishi rejalashtirilgan.
Shu yilning 15-dekabr kuni Berlinda Yevropa yetakchilari, Yevropa Ittifoqi va NATO ishtirokidagi yuqori darajadagi sammit boʻlib oʻtadi. Germaniya hukumati vakili Stefan Korneliusning tasdiqlashicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Germaniya poytaxtiga boradi.
Shuningdek, amerikalik muzokarachilar Stiv Uitkoff va Jared Kushner ham Berlinga borishlari rejalashtirilgan. Berlin tomoni bu holatni Oq uy tomonlarga bosim oʻtkazayotgani va tezkor kelishuvga erishishni istayotganining belgisi sifatida koʻrmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga qattiq bosim oʻtkazmoqda hamda uni tinchlik muzokaralariga yon berishga undamoqda. Bu holat Ukrainadagi korrupsiya mojarosi fonida yanada kuchaygan boʻlishi ehtimoli yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring