Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xodimlari xorij tajribasi bilan tanishdi
Foto: Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xodimlaridan iborat guruh Sankt-Peterburg shahriga xizmat safari chogʻida Moskva tumanidagi “JILKOMSERVIS №2” boshqaruv servis kompaniyasida boʻlishdi. Unda Sankt-Peterburg Uy-joy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Roman Kanivsov mehmonlarni kompaniya faoliyati bilan tanishtirdi.
Reytingdagi yetakchi boshqaruv tashkilotlaridan biri boʻlgan ushbu kompaniya jami 1103,9 ming kv. metrni tashkil etuvchi 186 ta koʻp qavatli uyning 15 mingdan ortiq xonadoniga oʻz xizmatlarini koʻrsatib keladi. Taʼkidlash joizki, kompaniya faoliyati kun sayin kengayib, qamrovi ortib bormoqda. Xususan, boshqaruv kompaniyasi 2008-yilda 123 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 52 foizga oʻsgan.
“JILKOMSERVIS №2” boshqaruv servis kompaniyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari koʻp qavatli uylarni boshqarish, texnik koʻrikdan oʻtkazish, joriy taʼmirlash, uy-joy fondini mavsumiy ekspluatatsiyaga tayyorlash, koʻp qavatli uylardagi umumiy mulkni saqlash, pudratchilarni tanlash va ular bilan shartnomalar tuzish kabi muhim yoʻnalishlardan iborat.
Kunning ikkinchi qismida Ishchi guruh kapital taʼmirlash dasturi doirasida «Jilkomservis №2» tomonidan amalga oshirilgan koʻp qavatli uylarning fasad qismi hamda yertoʻla muhandislik kommunikatsiya tizimlarini tiklash ishlari bilan obyektning oʻziga chiqqan holda tanishdi.
Kapital taʼmirlangan uylarda zamonaviy, avtomatlashtirilgan isitish izimi mavjud boʻlib, u sarflangan resursni aniq hisoblab berishi bilan ahamiyatli. Yaʼni, ushbu isitish tizimi bilan barcha xonadonlardagi havo haroratini onlayn nazorat qilish, agar muammoli holat yuzaga kelsa, darhol bartaraf etish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, ishchi guruh onlayn dispetcherlik markazida ham boʻlib, ularning faoliyatini kuzatdi. Dispetcherlik markazida aholi tomonidan yuborilgan murojaatlar onlayn qabul qilinib, favqulodda holatlar alohida ajratib olinadi. Muammoni bartaraf etish uchun kerakli manzilga darhol mutaxassis yuboriladi. Eʼtiborli jihati shundaki, barcha texnikalar, hatto ishchilarning maxsus kiyimlariga GPS navigator qurilmalari oʻrnatilgan boʻlib, bu dispetcherlik markazi va Uy joy qoʻmitasi tegishli mutaxassislariga qilinayotgan ishlarni kuzatish, baholash va monitoring qilish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring