Ugandaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

12:05 17 Oktyabr 2024 Jamiyat
259 0

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Ugandaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi Moses Kavaaluuko Kizige Toshkentga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida maʼlum qildi.

Ugandaning 2027—2029-yillarda Harakatga boʻlajak raisligimizni qoʻllab-quvvatlashini qadrlaymiz. Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar yoʻlga qoʻyilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning oʻzaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni roʻyobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan oʻrin oldi, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Tashqi ishlar vaziri shuningdek, Oʻzbekiston Qoʻshilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlashini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?