Prezident erta nikohning salbiy oqibatlari haqida gapirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtgan yigʻilishda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi boʻyicha yechim topilishi kerak boʻlgan bir qator masalalar koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi.
Oila qurish bu – nafaqat oʻzi, balki turmush oʻrtogʻi va farzandlari oldidagi katta masʼuliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar ogʻir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targʻib qilish lozimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring