Uch hududda qariyb 287 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” va “svet” talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” fermer xoʻjaligi rahbari muqaddam sudlangan fuqaro Sh.Yu. suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan toʻgʻri ulab, 106,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, YATT “M.M.” savdo doʻkonida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 97,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, Departamentning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.X. “Namuna” MFY hududidagi xonadonida novvoyxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, 82,5 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring