Turkmaniston bilan suv xoʻjaligi boʻyicha bir qator masalalar muhokama qilindi
Oʻzbek-turkman hukumatlararo qoʻshma komissiyasining yigʻilishida Turkmaniston hududida joylashgan Oʻzbekiston suv xoʻjaligi obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi ishchilar uchun “Vaxta” rejimini bekor qilish hamda “Tallimarjon-Tallыmerdjen” va “Drujba-Gazodjak” chegara postlari faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birgalikda boshqarish tizimini va maʼlumotlar almashinuvini avtomatlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Amudaryo qirgʻoqlarini mustahkamlash va oʻzanlarini toʻgʻrilash orqali suv yoʻqotilishini kamaytirish hamda suvning toʻsiqsiz oʻtish choralarini koʻrish, “Tuyamoʻyin gidrouzeli Sultonsanjar toʻgʻonida suv filtratsiyasiga qarshi devor qurish” hamda “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital qayta tiklash” (Faza-3) loyihalari doirasida jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga Turkmaniston hududiga kirish vizalari berish koʻrib chiqildi. Koʻrilgan masalalar yuzasidan bayonnoma imzolandi.
Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishi 2024-yilda Turkmanistonning Turkmanobod shahrida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring