Turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim “Scorpion” filmida suratga tushadi
“Osiyo” serialidagi Demir roli bilan o’zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo’lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning “Scorpion” filmida suratga tushadi.
5 mart kuni Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi hamda film prodyuseri Oybek Abdushukurov Murat bilan Istambul shahrida shartnoma imzoladi.
Murat Yildirim 1979 yilda Turkiyaning tarixiy Konya shahrida tug’ilgan.
“Buyok yolg’on” (2004), “To’fon” (2006), “Osiyo” (2007-2009), “Ishq va jazo” (2010), “Tun qirolichasi” (2016) seriallaridagi rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Shuningdek, aktyor ishtirokidagi “Adabiy ishq”, “Sukut” va boshqa filmlar katta shuhrat qozongan.
Murat 2017 yilda “Ayla” nomli filmda suratga tushdi.
Murat O’zbekistonga rafiqasi, marokashlik mashhur aktrisa va model Imane Elbani bilan birga tashrif buyuradi.
Imane 2008 yilda “Marokko go’zali”, keyinroq esa “Miss Arab World” sovrinlarini qo’lga kiritgan. U Sharqning 50 nafar eng go’zal ayollari safiga kiradi. Turkiya Prezidenti Rejeb Tayyip Erdog’an shaxsan Murat uchun Imanega sovchilik ham qilgan.
“Scorpion”da Murat Yildirim suratga tushadigan sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinadi. Uning aynan qaysi obrazda chiqishi hozircha sir tutilmoqda.
Film ijodkorlarining ma’lumotiga ko’ra, Murat Yildirim O’zbekistonga turmush o’rtog’i bilan tashrif buyurib, olti kun davomida suratga olish ishlarida qatnashadi.
Mazkur film O’zbekiston yoshlar ittifoqi, “O’zbekkino” Milliy agentligi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring