Turkiyada urush, tabiiy ofat va yadroviy holatlarga tayyorgarlik sifatida yangi bunkerlar qurila boshlandi

Anqara va Turkiyaning boshqa bir qator yirik shaharlarida aholi uchun urushlar, tabiiy ofatlar va yadroviy hodisalar ehtimoliga qarshi bunkerlar qurish ishlari boshlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, loyiha davlatning uy-joy qurilishi boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bunkerlar mamlakatning barcha viloyatida barpo etilishi rejalashtirilgan.
Yaqinda prezident Rejep Tayyip Erdogʻan rahbarligida oʻtkazilgan hukumat majlislarida fuqarolar himoyasi choralarini kuchaytirish masalasi koʻtarilgan. Qayd etilishicha, hozirgi mavjud bunkerlarning koʻpchiligi koʻp qavatli uylar yertoʻlalari yoki koʻp darajali yer osti parkovkalari boʻlib, ular aholini favqulodda holatlarda himoya qilishning zamonaviy talablariga javob bermaydi.
Shu sababli, hukumat butun mamlakat boʻylab bunkerlar infratuzilmasini yangilashga qaror qildi. Hujjatda taʼkidlanishicha, Turkiya joylashgan mintaqa urush, ofat va turli favqulodda holatlar xavfi yuqori hudud hisoblanadi. Shuningdek, yangi bunkerlar odamlarni radioaktiv ifloslanish holatlarida ham himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlishi koʻzda tutilgan.
Bunkerlar aholining asosiy qismi tezda xavfsiz hududga yetib borishi mumkin boʻlgan joylarda quriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring