Turkiyada kuchli zilzila sodir boʻldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi
Turkiyaning Sindirgi shahrida 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi, deb xabar berdi mamlakatning Favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqarmasi matbuot xizmati.
Zilzila 27-oktyabr kuni soat 22:48 da (mahalliy vaqt bilan) yuz bergan boʻlib, uning markazi yer ostining qariyb 6 kilometr chuqurligida joylashgan. Zilzila tebranishlari qoʻshni viloyatlarda ham sezilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning soʻzlariga koʻra, tabiiy ofat oqibatida uchta bino va bir doʻkon qulab tushgan, u yerda boʻlgan barcha odamlar oʻz vaqtida evakuatsiya qilingan.
Sogʻliqni saqlash vaziri Kemal Memishogʻlu esa 19 kishi jarohat olganini, ularning ayrimlari binolardan sakrash yoki yiqilish oqibatida shikastlanganini maʼlum qildi. Unga koʻra, toʻrt nafar jarohatlangan allaqachon kasalxonadan chiqarilgan, qolganlarning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring