Turkiyada 16 yoshga toʻlmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Turkiya hukumati 16 yoshga toʻlmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish va ulardan foydalanishni taqiqlashga oid hujjatlarni tayyorlab boʻldi. Bu haqda NTV Haber telekanali xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, hukumat bolalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish boʻyicha qator choralarni koʻrmoqda. Ushbu choralar orasida 16 yoshga toʻlmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishni taqiqlash ham bor.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Fransiyada ham 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash taklif qilingan edi. Bu kabi choralar bolalarni oʻz joniga qasd qilishga yoki oʻzini shikastlashga undaydigan, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni targʻib qiladigan, shuningdek, ekstremistik va ksenofobik mazmundagi materiallardan himoya qilish maqsadida koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring