Turizm qishlogʻida kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazi ish boshladi
Samarqand viloyatida Konigil turizm qishlogʻini tashkil etish ishlari davom etmoqda. Ushbu turizm qishlogʻini yaratish konsepsiyasiga koʻra, 3 gektar maydonda 800 metr uzunlikdagi halqa yoʻli quriladi. Natijada sayyohlarning “Siyob” kanali boʻylab sayr qilishi va tabiat qoʻynida dam olishlari mumkin.
Shuningdek, hududda oilaviy mehmon uylari, yangi hunarmandchilik markazlari, mahalliy anʼanalarni aks ettiruvchi animatsiya markazlari tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ekoturizm, agroturizm, gastronomik turizm yoʻnalishlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilyapti. Hududda jahonga mashhur Samarqand nonini tayyorlash boʻyicha master-klasslar uchun novvoyxona tashkil etiladi.
Hozirda kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazi faoliyat boshladi. Guruch tegirmoni joylashgan binoda taʼmirlash ishlari tugash arafasida. Guruch tegirmonining tarixiy koʻrinishi qayta tiklangach, mehmonlarga guruch tayyorlash jarayoni namoyish qilinadi.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring