Oʻzbekistonda “Daromadli ayol” dasturi boshlanadi

15:11 06 Mart 2026 Siyosat
461 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilda 166 ming xotin-qiz zamonaviy kasb va tadbirkorlikka, yana 100 ming nafari esa axborot texnologiyalari sohasiga oʻqitiladi. Bu haqda Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirida maʼlum qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar oʻz uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi boshlanadi.

Bu orqali lider tadbirkorlar koʻmagida kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik va tomorqachilik yoʻnalishlarida 50 ming ayolning bandligi taʼminlanadi. Bundan tashqari, “Hamroh” dasturi doirasida xotin-qizlarning 3 mingta loyihasiga jami 1 trillion soʻm ajratiladi.

Umuman, joriy yilda 1,5 million ayolni daromadli qilish, shundan 400 ming nafarini biznesga jalb etish boʻyicha katta marra olingan. Ushbu maqsadlar uchun 25 trillion soʻmdan ziyod resurs yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер