Turizm mahallasi avgustda tayyor boʻladi
Samarqand shahridagi “Bogʻibaland” mahallasida namunaviy turdagi turizm mahallasini tashkil etish boʻyicha qurilish, obodonlashtirish ishlari qizgʻin davom etyapti.
Ayni paytda, hududda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan sayyohlarning mazkur mahalla toʻgʻrisida batafsil maʼlumotga ega boʻlishlari uchun axborot stendlari tashkil qilinmoqda.
Bugungi kunda mahallada sayyohlar orasida katta talabga ega boʻlishi kutilayotgan sayyohlik dasturini yaratish boʻyicha amaliy ishlar qizgʻin tus olgan. Anjirzor koʻchasi boʻylab mehmon uylari, animatsiya markazlari va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Shuningdek, 40 gektarlik hududda 2 ta kichik mehmonxona ham barpo etilmoqda. Qolaversa, agro va ekoturizmni rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar hademay yakuniga yetkaziladi.
Mahallada mahalliy va xorijiy sayyohlarga yetarli darajada xizmat koʻrsatish maqsadida savdo majmuasi, oziq-ovqat shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, sanitariya-gigiyena markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari joriy yilning avgust oyida tugatilishi koʻzda tutilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring